Shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev 2021-yildan beri AQSh terma jamoasida dona surib kelayotgan Gulruhbegim Tohirjonovani O‘zbekiston terma jamoasiga qaytarish niyati borligini aytdi. “Gulruhbegim baribir O‘zbekistonga kerak, u yaxshi va salohiyatli shaxmatchi”, — dedi Sa’dullayev.
Shaxmat olimpiadasining 7-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Ukrainani mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. Ayollar terma jamoasi Gretsiyani mag‘lub etdi. Endi ular jamoasida o‘zbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova ham bo‘lgan AQShga qarshi bahs olib boradi.
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Malibu avtomobilining shubhali sotilishi va Shaxmat federatsiyasidan 1,8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ning federatsiya rahbarining birinchi o‘rinbosari, iste’fodagi DXX generali Husan Turdialiyev direktor bo‘lgan xususiy shaxmat klubiga o‘tkazilishini o‘rganmoqda. Shaxmatchi Sergey Qayumov «Husan Turdialiyevning so‘nggi 20 yildagi diktaturasi» haqida gapirgan bo‘lsa, Gulruhbegim Tohirjonova federatsiya rahbarining birinchi o‘rinbosarining xatti-harakatlari AQShga ketishiga sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQSh chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, AQSh milliy terma jamoasidan joy egalladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting